Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish

NSTITUT TALABALARI DIQQATIGA!

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 2022-2023-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi (barcha yo‘nalish talabalari uchun) va nomli Davlat stipendiyalari (A.Navoiy Davlat stipendiyasi va Islom Karimov Davlat stipendiyasi) ga

TANLOV E’LON QILADI

Tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan iqtidorli talabalarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

✔️barcha semestrda fanlardan a’lo bahoga o‘zlashtirgan bo‘lishi;
✔️o‘qiyotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos mavzuda ilmiy-tadqiqot ishi bilan shug‘ullanib, risola, ilmiy maqola, tezis va ommabop maqolalar chop ettirganligi hamda ijodiy ishlari bo‘lishi;
✔️turli ko‘rik-tanlovlarda faol ishtiroki, yutuqlari bo‘lishi;
✔️ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, fakultet ishlarida faolligi va hokazolar.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan iqtidorli talabalar o‘zlari o‘qiydigan fakultet dekanatiga murojaat qilishlari so‘raladi. Nomzodlar hujjatlari Nizom talablari bo‘yicha rasmiylashtirilishi lozim. Hujjatlar 2022-yilning 1-iyulga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga topshirilishi lozim(elektron va qogʻoz variantda).

👉🏻Nomzodlar faqat fakultet dekanining tavsiyasiga binoan qabul qilinadi.

🖇Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi.

Опубликовано в рубрике E'lonlar

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *