Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif

Matematika va informatika fakulteti talabalari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurishdi

May 24, 2022

24 may kuni TVCHDPI Matematika va informatika fakulteti “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) A.X.Boymurodov rahbarligida, kafedra professor-o’qituvchilari, fakultet tyutorlari hamda 2-3-kurs talabalari al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishini chuqur oʻrganish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurishdi.

Talabalar maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Sanjarbek Utepov hamrohligida maktabda yaratilgan imkoniyatlar, oʻquvchilar uchun tashkil etilgan shart-sharoitlar zamonaviy robotexnika, informatika xonasi, kimyo, fizika fanlaridan laboratoriya xonalari bilan yaqindan tanishishdi. Bundan tashqari kibersport xonasi hamda kutubxona bilan ham yaqindan tanishish imkoniyati boʻldi. Shuningdek, maktab o‘quvchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida ham batafsil ma’lumotlar taqdim qilindi.

Tashrif davomida talabalar bu erda ilgʻor o’quv dasturi uchun xonalar va shart-sharoitlardan tashqari, innovasion metodlardan foydalangan holda fakultativ darslarni oʻtkazish uchun keng imkoniyatlar yaratilganligini guvohi boʻlishdi. Talabalar maktab faoliyati bilan yaqindan tanishish vaqtida Ucell, Artel, ZTE va Huawei kompaniyalarining maxsus sinflari mavjudligini ham koʻrishdi.

Tashrif soʻngida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ushbu tashrif talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Bunday maktab oʻquvchilarining gʻoyasi albatta buyuk bo’ladi. Biz ishonamizki, kelajakda ushbu maktab o’quvchilari orasidan Al Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug’bek kabi ko’plab buyuk olimlar va mutafakkirlar yetishib chiqadi. 

Muxtasar qilib aytganda, davlatimiz rahbarining quyidagi soʻzlari beixtiyor ushbu maktab oʻquvchilariga qaratib aytilganday goʻyo: “Ilm va taʼlimning qadriga yetib, davlatimizda ilm va taʼlim oʻrganish bilan muhit yaratilsa, bobolarimizga munosib hayot va kelajakni qura olamiz!”.

Maktabni tashkil etishdan asosiy maqsad — ulug‘ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash, o‘rganish va tadqiq etish, uni yosh avlod ongiga chuqur singdirish, o‘quvchilarga aniq fanlarning yuksak cho‘qqilarini zabt etish, boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘quvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorini aniqlash va ulardagi qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar bazasini yaratishdan iboratdir.

Matematika va informatika fakulteti tyutori Ilhom G’aniyev axboroti

TVCHDPI Matbuot xizmati

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *