Mahorat darslari mahoratli ustozlar ishtirokida o’tkazildi

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti nafaqat oliy harbiy ta’lim muassasalari, balki yurtimizdagi o‘quv dargohlari orasida ham boy tarixi, shonli an’analari bilan o‘ziga xos obro‘-e’tiborga ega ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Bugungi kunda ushbu bilim yurti bilan Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi o‘rtasida o‘quv-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnoma tuzilgan bo‘lib, ushbu shartnoma yuzasidan alohida rejalar amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yilning 25-may kuni Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Matematika va informatika fakulteti Informatika o‘qitish metodikaasi yo’nalishi 3-kurs talabalariga “Kompyuterli modellashtirish” fani doirasida mahorat darsi o‘tkazildi. Ushbu darsga Chirchiq oliy tank qomondonlik-muhandislik bilim yurti Aloqa va axborot tizimlari sikli katta o‘qituvchisi Parpiyeva Almaxan Joldasovna taklif etildi.

Ustoz tomonidan bugungi mahorat darsidan ko‘zlangan maqsadga e’tibor qaratildi, asosiy tayanch iboralarga to‘xtalib o‘tildi. Informatika va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislarni tayyorlashda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, samarali yondashuvlarni ishlab chiqish, ta’lim berishning ilg‘or uslublarini joriy etish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni jahon sivilizatsiyasi yutuqlari bilan yaqindan tanishtirish, salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlarini ta’minlash bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri ekanligi haqida ma’lumot berdi.

Talabalarga “Ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash” mavzusi bo‘yicha qiziqarli taqdimot namoyish etildi. Talabalarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida qisqa muddatli eksperimentlar o‘tkazildi. Tinglovchilar mavzu doirasida savol-javobga jalb etildi va faolligi oshirildi.

Hamkor o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari tomonidan talaba-yoshlarga saboq o‘tilishining yo‘lga qo‘yilgani yoshlarning muayyan fanlarga bo‘lgan qiziqishini tobora kuchaytirish, bilimini oshirish, darslarning jonli tashkil etilishiga turtki beradi.

Опубликовано в рубрике Hamkorlik

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *