Fanning nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
2Ma’lumotlar bazasiMa’lumotlarning xotirada saqlanib, maxsus ma’lumotlarni bazasini boshqarish tizimi to‘ldirilishi, o‘zgartirilishi, shuningdek, tizimni takomillashtirilishining o‘zaro bog‘langan to‘plami o‘rganiladi
3Tarmoq texnologiyalariInternet tarmog‘ini yetarli darajada tashkil etish uchun standart bayonnomalar va texnik — dasturiy vositalar o‘rganiladi
4Dasturlash tillariUshbu fanni o‘qitish jarayonida zamonaviy dasturlash tillari asoslari o‘rganiladi
5InformatikaInformatika fani, predmeti, kompyuterlarning rivojlanish bosqichlari va avlodlari, kompyuterning asosiy tarkibiy qismlari, ularning ishlash tamoyillari va arxitekturasi haqida ma’lumotlar beriladi
6Axborot xavfsizligiUshbu fanda axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish, shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot resurslarining tarqalib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, buzib talqin etilishi, to‘sib qo‘yilishi, qalbakilashtirilishi, buzib talqin etishga doir ruxsatsiz harakatlarning oldini olish, axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saqlash asoslari o‘rganiladi
7Kompyuter grafikasiFanni o‘qitilishi jarayonida kompyuterda turli grafik dasturlarda ishlash imkoniyatlari o‘rganiladi.
8Veb dizaynSaytlar yaratish va bezash masalalari o‘rganiladi
9Kompyuter ta’minotiKompyuterlarning texnik va dasturiy ta’minotlari o‘rganiladi
10Informatika o‘qitish metodikasiUshbu fanlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash asosida informatika fanini o‘qitish samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalarida informatika fanini o‘qitishni davr talablari darajasida amalga oshirish imkonini beradigan ob’ektiv shart — sharoitlarning yaratilishi haqida so‘z yuritiladi.
11Informatika o‘qitish texnologiyalari va loyixalashtirish
12Ta’limda multimediya texnologiyalaridan foydalanishUshbu fanni o‘qitish jarayonida O‘zbekiston ta’lim muassasalarida kompyuter texnikasidan, media texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari tahlil qilinadi.
13Informatikani fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitishUshbu fan akademik litsey va kasb — hunar kollejlari uchun informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘qituvchi tayyorlashga qaratilgan
15Pedagogik dasturiy vositalarFanni o‘qitish jarayonida pedagogik dasturiy vositalar va ularni yaritishga qo‘yiladigan talablar, kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish, ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakillari to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi
17RobototexnikaRobototexnika fanini o‘qish jarayonida talabalar robototexnika va uning zamonaviy dunyodagi o‘rni, robototexnikada qo‘llaniladigan jihozlar, robototexnika asoslarini zamonaviy maktablarga joriy qilish, sanoat robotlarining asosiy tasniflari, mexanizmlarning tuzilmasi tasnifi, mikrorobotlar va ularning xususiyatlariga doir bilimgaega bo‘ladilar
18Masofaviy o‘qitish texnologiyalariUshbu fanda masofaviy ta’lim va masofaviy o‘qitish tushunchalari, didaktik prinsiplari, metodik asoslari va vositalari, masofaviy o‘qitishningasosiy shakllari haqida ma’lumotlar beriladi.
19Amaliy dasturlar paketiZamonaviy qarashlarga ko‘ra amaliy dasturlar paketi – bu birgalikda, xamkorlikda bajarilishi ko‘zda tutilgan bir sinfga mansub bo‘lgan davturlar majmuasidir. Ushbu fanda ana shunday dasturlar paketlari xaqida ma’lumot beriladi.
20Axborot tizimlariFanining vazifasi tizim, tizim va muhit munosabatlari, tizim tarkibiga kiruvchi elementlar, tizimlarning faoliyatini va rivojlanishini xarakterlovchi asosiy tushunchalar, texnologiya tushunchasi, axborot texnologiyalari va ularning turlari, ta’minoti, vositalari haqidagi bilimlarni rivojlantirishdan iborat.
21Flash-texnologiyalariFlash texnologiyalari alohida e’tiborga molik. Flash juda keng imkoniyatlarga ega dasturdir. U o‘z ichiga vektor grafikasida ishlashni, vektor grafikasida animasion qismni va dasturiy qismni o‘z ichiga oladi. Bu imkoniyatlar Flash ni boshqa web dizayn uchun mo‘ljallangan dasturlar ichida alohida ajratib turadi